Kamil Sadikov

Moliya mutaxassisi / Loyiha koordinatori

Taʼlim: 1978 – 1983, Buxoro Texnologiya Instituti, Bakalavr, Iqtisodchi-muhandis. 2002, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti, Boshqaruv Instituti, Magistr, Biznes va ishlab chiqarishni boshqarish menejeri. 2003 – 2007, Buxoro Texnologiya Instituti, Muhandis, Neft-gaz ishlari bakalavri.

Kamil Sadikov 40 yillik umumiy ish stajiga ega loyiha menejeri bo‘lib, jumladan, Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki, Saudiya Taraqqiyot Fondi, OPEK Fondi, Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki va boshqalar kabi xalqaro moliyaviy institutlar (XMI) tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishda 20 yillik professional tajribaga ega. Iqtisodiy, muhandislik-texnik va boshqaruv taʼlimiga ega. Turli iqtisodiyot sohalarida ko‘p yillik ish tajribasi, boshqaruv, loyihalash va tashkil etish bo‘yicha kuchli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, yetakchilik fazilatlari va jamoada ishlash qobiliyati infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish jarayonida vaziyatni obʼyektiv baholashga va sog‘lom, mantiqiy va asosli qarorlar qabul qilishga imkon beradi.

Ish tajribasi

2018-2022, Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumanida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash” Saudiya Taraqqiyot Fondi va OPEK Fondi bilan hamkorlikda.

2018-2019, Sirdaryo viloyati Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” Islom Taraqqiyot Banki ishtirokida.

2017-2018, Namangan viloyatida suv taʼminotini yaxshilash” Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida.