Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis
Taʼlim: 1999-2003 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti, Gidromelioratsiya fakulteti. 2005-2007 Hindiston texnologiya instituti, Rurki, Suv resurslarini boshqarish fakultetiJamshid Tursunov xalqaro moliyaviy institutlar (XMI), masalan, Osiyo Taraqqiyot Banki, Jahon Banki, Islom Taraqqiyot Banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot fondi va boshqa tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishda 14 yildan ortiq professional tajribaga ega atrof-muhitni boshqarish bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Atrof-muhit, ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida xalqaro loyihalar doirasida mavjud ish tajribasi ilg‘or amaliyotlarni taklif qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, ekologik va ijtimoiy xatarlarni chuqur tahlil qilish hamda jamoaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun innovatsion yechimlarni taqdim etishga imkon beradi.
2021-2024, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, OTB tomonidan moliyalashtirilgan “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi rahbari.
2017-2022, OTB tomonidan moliyalashtirilgan Iqtisodiyot vazirligi dasturining atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy boshqaruv tizimi koordinatori, “Qishloq joylarida arzon uy-joy dasturi”
2011-2015, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, OTB tomonidan moliyalashtirilgan loyiha xavfsizlik choralari bo‘yicha mutaxassis, “Farg‘ona va Zarafshon vodiysida suv resurslarini boshqarish sektoral loyihasi”.