Qurilish muhandisi / Texnik xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish muhandisi
Ta’lim: 1990-1995, Toshkent avtomobil yo’llari instituti, magistr, qurilish muhandisi, ko‘priklar va transport tunnellariDadaxonov Ibodilloҳon – qurilish muhandisi, 30 yillik umumiy ish tajribasiga ega, shundan 15 yil professional tajribasi xalqaro moliyaviy institutlar (MFI) tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishda, masalan: Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki, Saudiya Taraqqiyot Fondi, OPEC Fondi, Osiyo Infratuzilma Investitsiyalar Banki va boshqalar. Muhandislik-ta’limga ega. Germaniya federativ respublikasi bilan tajriba o‘tagan. Ko‘p yillik ish tajribasi, loyihalarni boshqarish, rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha kuchli ko‘nikmalar, liderlik sifatlari va jamoada ishlash qobiliyati bilan, loyiha amalga oshirish jarayonida texnik muhandislik yechimlarini taklif qilish imkoniyatiga ega.
2021-2023, Xalqaro strategik markazi oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida (ISCAD) qurilish muhandisi, “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi guruhi Jahon Banki ishtirokida, “Meva-sabzavot sektori qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasi guruhi Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida.
2017-2022, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi Qurilish muhandisi, IBP va SFR moliyalashtirilgan “Zamonaviy qishloq uy-joylarini qurish” loyihasi.
2011-2015, Namangan viloyati hokimiyatida Yagona Buyurtmachi xizmati, 1-kategoriya mutaxassisi / Texnik auditor, xalqaro moliyaviy institutlar (MFI) tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar: Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki.